“Ariend Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2019-yildan buyon ta’lim va konsultatsiya yo‘nalishida rasmiy faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya 2021-yil 17-apreldan boshlab Adliya vazirligi tomonidan yangilangan litsenziya asosida o‘z xizmatlarini qonuniy tartibda amalga oshirib kelmoqda.
Faoliyatimizning asosiy yo‘nalishi — abituriyentlarga xalqaro universitetlarga hujjat topshirish, qabul jarayonlari, ta’lim dasturlari, yo‘nalish tanlash va o‘qish jarayonlarida amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.
7 yillik tajriba davomida kompaniyamiz 10 000 dan ortiq abituriyentlarga imtihonsiz xalqaro universitetlarga kirish jarayonlarida yaqindan ko‘mak berib kelmoqda. Har bir murojaat bo‘yicha abituriyentlarga hujjatlar, qabul talablari, ta’lim shakli va o‘qish jarayoni batafsil tushuntiriladi.
Bugungi kunda “Ariend Group” 10 dan ortiq xalqaro Top-1000 universitetlar bilan rasmiy hamkorlik asosida faoliyat yuritadi. Ushbu hamkorliklar orqali abituriyentlarga imtihonsiz, grant asosida va masofaviy/sirtqi ta’lim shakllarida talaba bo‘lish imkoniyatlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
Kompaniyamiz abituriyentlarga faqat hujjat topshirish bosqichida emas, balki qabul xati olish, universitet bilan aloqa, ta’lim jarayonini tushuntirish va o‘qish davomidagi tashkiliy masalalarda ham yaqindan yordam beradi.
Shu kunga qadar minglab yurtdoshlarimiz “Ariend Group” ko‘magida xalqaro oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lib, bakalavr diplomi orqali davlat va nodavlat tashkilotlarda faoliyat yuritib kelmoqda.
Bizning asosiy maqsadimiz — O‘zbekiston yoshlari uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini yanada qulay, tushunarli va ishonchli qilishdir.
“Ariend Group” o‘z faoliyatida qonuniylik, shaffoflik, mas’uliyat va mijozlar ishonchini eng ustuvor qadriyat deb biladi. Kompaniya xizmatlari xalqimiz tomonidan yuqori baholanib, faoliyati davomida qator sertifikatlar, tashakkurnomalar va mukofotlar bilan taqdirlangan.
Bugun “Ariend Group” — xalqaro ta’lim sari ishonchli hamkor, abituriyentlar uchun esa kelajak sari muhim ko‘prikdir.
Talabalarimizning muvaffaqiyatli ta'lim olishi va diplom olishini ta'minlaymiz.
Zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar asosida ishlaymiz.
Hujjat topshirishdan diplom olishgacha to'liq qo'llab-quvvatlaymiz.
Nufuzli universitetlar bilan mustahkam hamkorlik aloqalariga egamiz.