Shimkent universiteti

Shimkent universiteti
Grant asosida · Masofaviy

Shimkent universiteti

Shimkent universiteti — Qozog‘iston Respublikasidagi ko‘p tarmoqli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet 2001-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlab kelmoqda.

Universitetda bakalavriat va magistratura bosqichlari bo‘yicha turli ta’lim dasturlari mavjud. Jumladan, Shimkent universiteti 29 ta bakalavriat ta’lim dasturi hamda 9 ta magistratura ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi.

Shimkent universiteti xalqaro ta’lim yo‘nalishida ham faoliyat yuritib, xorijiy talabalar uchun ta’lim olish imkoniyatlarini taqdim etadi. Universitet zamonaviy ta’lim dasturlari, amaliy bilimlar va xalqaro ta’lim tajribasiga mos yondashuvlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.

Universitet diplomi Qozog‘iston Respublikasining rasmiy oliy ta’lim hujjati hisoblanadi. Ushbu diplom boshqa davlatlarda, jumladan O‘zbekiston Respublikasida ham amaldagi qonunchilik va belgilangan tartib asosida tan olinishi mumkin.

“Ariend Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2021-yildan buyon Shimkent universiteti bilan rasmiy kelishuv asosida hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu hamkorlik doirasida “Ariend Group” O‘zbekiston hududida universitetning rasmiy hamkori sifatida faoliyat yuritadi.

“Ariend Group” abituriyentlarga Shimkent universitetiga hujjat topshirish, yo‘nalish tanlash, qabul jarayoni, ta’lim shakli va o‘qish bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni taqdim etadi hamda qabul jarayonida amaliy yordam ko‘rsatadi.

Kompaniyamizning asosiy maqsadi — O‘zbekistonlik abituriyentlarga xalqaro universitetlarda sifatli ta’lim olishlari uchun qonuniy, ishonchli va tushunarli yo‘l ko‘rsatishdir.
  • Hujjat topshirishda yordam
  • Universitetga qabul jarayonini kuzatish
  • O'qish davomida mentorlik
  • Xalqaro diplom

Nega shu universitet?

🎓

Sifatli ta'lim

Zamonaviy dasturlar va tajribali professorlar.

🌐

Xalqaro diplom

Tan olingan diplom — kelajak imkoniyatlari.

🤝

To'liq ko'mak

Hujjatdan diplomgacha GRANT TA'LIM yoningizda.

📞 +998 55 506 65 65 Har kuni 08:30–18:00